Toşkentda 17 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati va Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi apparati örtasida ikki tomonlama maslahatlaşuv bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Mahmadali Vatanzoda raisligida ötgan maslahatlaşuv çoğida ikki tomonlama oliy darajadagi taşriflar, Özbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi örtasida strategik hamkorlik töğrisida kelişuv imzolanişi uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş va kengaytirişda ijobiy ta'sir körsatgani qayd etildi.
Muloqot davomida Özbekiston – Tojikiston maslahatlaşuvi mexanizmi ikki davlat örtasidagi yaqin qöşnilik, döstlik va hamkorlikni izçil va jadal sur'atlarda rivojlantirişdek umumiy maqsadga xizmat qilişi, fuqarolarimiz manfaatlariga mos kelişi, özbek va tojik xalqlarining tinç hayoti, farovonligini ta'minlaşga qaratilgani ta'kidlandi.
Tomonlar mamlakatlar örtasida xavfsizlik sohasida turli darajadagi köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, kelajakda şartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlaş va birgalikdagi amaliy harakatlarni rivojlantirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
Maslahatlaşuv çoğida ekstremistlik va terrorçilik faoliyatiga qarşi birgalikda harakat qiliş sohasidagi hamkorlikning amaliy mexanizmlarini takomillaştiriş, çegaraviy xavfsizlikni ta'minlaş va umumiy davlat çegaralarida iqtisodiy manfaatlarni muhofaza qiliş masalalari körib çiqildi.
Tadbirda Özbekiston va Tojikiston örtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada takomillaştiriş böyiça umumiy taşabbuslar va tavsiyalar işlab çiqildi, özaro munosabatlar rivojidagi yuqori sur'atni saqlaş, uşbu jarayonni mavjud salohiyat, foydalanilmagan imkoniyatlar hisobiga yanada jadallaştiriş muhimligi alohida ta'kidlandi.
Ikki tomonlama maslahatlaşuv yakunlariga köra, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati va Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengaşi apparati örtasida hamkorlik töğrisida Memorandum va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi Protokol imzolandi.

















