TATUdagi «trollar» maşmaşasi. Universitet vakillari nega bir-biriga zid izohlar berişmoqda?
|23:51 / 18.09.201978 5158 min
Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «troll» atamasi tez-tez işlatilmoqda. Trolling faoliyati şunday faoliyatki, unda istalgan şaxs soxta va aniqlaş imkoniyati yöq yoki qiyin bölgan akkauntlar orqali ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlarga, yangiliklarga özining salbiy yoki ijobiy fikrlarini berib boradi. Odatda bu faoliyat ma'lum maqsadlarni közlaydi. Troll atamasi köpinça salbiy obrazlarda gavdalanib kelmoqda.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
16 sentabr kuni jurnalist Dilbar Ismatullayevaning bloger Nurbek Alimovga yöllagan murojaati uning telegram kanalida «Xoin kim?!» sarlavhasi ostida e'lon qilindi. Unda Toşkent axborot texnologiyalari universitetida «trollar fabrikasi» tuzilgani haqida aytilgan.
Ismatullayevaning sözlariga köra, unga Toşkent axborot texnologiyalari universitetida prorektor yordamçisi bölib işlaydigan tanişlaridan biri qönğiroq qilgan va unga ijtimoiy tarmoqlarda vatanini himoya qilişi uçun haq tölanadigan iş taklif qilgan. Undan pul evaziga soxta akkauntlar oçiş, internetda Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar böyiça salbiy ruhda fikr bildirganlarga javoban ijobiy mazmundagi kommentlar yoziş söralgan. Keyin uni işonçli odam sifatida Telegram’dagi «Gruppa 4» deb nomlangan guruhga qöşişgan. U guruhga qöşilişidan bir soat vaqt ötib guruhdan çiqarib yuborilgan. Lekin u bu vaqt içida yozuvlardan «skrin» olişga ulgurgan.
Suriştiruvda uşbu guruh Toşkent davlat axborot texnologiyalari universiteti öquv işlari böyiça prorektori Fayzulla Agzamov tomonidan yuritilişi, u guruh a'zolariga postlar ostiga qanday izoh qoldiriş haqida topşiriq berib boriş bilan şuğullangani ma'lum qilingan. U ayniqsa, prezident va boş vazir nomiga bildirilgan negativ fikrlarga munosib javob qaytariş kerakligini ta'kidlagan. Unga esa ijtimoiy tarmoqdagi eng köp muhokamalarga sabab bölayotgan mavzular havolasi «A.Khodjaev» nomidagi profil tomonidan jönatib turilgan.
Mavzuga oid
Guruhning faol a'zosi, universitet matbuot xizmati kotibi Ğulom Nazarov guruhning boşqa a'zolariga soxta akkauntlar soni köp bölişi lozimligi, ularga doimiy ravişda yangi rasmlar joylab boriş kerakligi, aks holda soxta akkauntligi bilinib qolişi mumkinligi, heç kim ularning «troll» ekanini bilib qolmasligi kerakligini tuşuntirgan. Guruh a'zolari yuqoridagi körsatmalarni tuşunganliklarini tasdiqlaşgan.
Dilbar Ismatullayevaning aytişiça, prorektor yordamçisi sifatida işlaydigan tanişi oradan biroz vaqt ötgaç unga Telegram orqali pul haqida yozib qolgan.
U Dilbarga öşanda iş boşlaganida hozir 200 AQŞ dollari miqdorida pul olgan bölişi mumkin bölganini aytib, özi esa şu vaqt içida 800 AQŞ dollari atrofida mablağ olganini bildirgan.
Dilbar Ismatullayeva bunday guruhlar soni köp bölişi mumkinligini qöşimça qilib, ularga moliyaviy yordam qayerdan kelayotgani, bu loyihaning boşida kim turganini savol ostiga olgan.
Kun.uz bu masalada izoh oliş maqsadida Toşkent axborot texnologiyalari universiteti öquv işlari böyiça prorektori Fayzulla Agzamov bilan boğlandi.
Fayzulla Agzamov
Uning sözlariga köra, bunday loyihalar har yili talabalar tomonidan turli sohalarda yuritiladi. U «Gruppa 4» ham şu maqsadda taşkil etilgani, guruh a'zolari universtitetning turli fakultetlarida tahsil oluvçi talabalar bölişi talab etilişini aytib ötgan. Bu keyinçalik qöyilişi mumkin bölgan iste'molçilar talabidan kelib çiqqan.
U guruh nomi nega «Gruppa 4» deb nomlanganiga izoh bera turib, bu 4 nafar taşabbuskor talaba bilan boğliqligini aytib ötdi.
«Universitet axborot sohasida faoliyat yuritadigan universitet bölgani bois universitet tomonidan boşqariladigan törtta yoki beşta telegram kanallari mavjud. Uşbu kanallar talabalarga universitet sohasiga oid ma'lumotlar berib boriş maqsadida taşkil etilgan.
Bu qizimiz guruhga a'zo böliş vaqtida psixologik tomondan savol-javob qilinib, moliyaviy tarafdan söz oçilganda öz roziligini bildirgan. Bizga bunday iştirokçi kerak emasligini tuşundik. Çunki, hali bu loyiha işlab ketadimi yoki yöq bilmaymiz. Ertaga men yoki iştirokçilardan pul söraşi mumkinligi sababli bu qizimiz sinovdan ötmadi. Bundan taşqari, bu qiz universitet talabasi ham emasdi va unda vatanparvarlik hissi ham jöş urib turmasdi. Şu sababli uni guruhdan çiqarib yubordik», - deydi prorektor.
Prorektordan nega turli naşrlarda çiqqan materiallar ostiga izohlar yozib qoldiriş uçun guruhga taşlangani haqida söradik. U bu savolga javoban ta'limda bilim bilan birga tarbiya ham berilişi, ijtimoiy tarmoqlarda vatanparvarlik hissi kamayib ketayotgani va bildirilayotgan salbiy fikrlarga ijobiy javob qaytariş fuqaro sifatida vazifasi ekanini aytib ötdi.
Nega aynan soxta akkauntlar orqali javob qaytariş zarur bölgani haqidagi savolga esa tayinli javob ololmadik.
Şuningdek, u «A.Khodjaev» profili kimniki söralganda, u öz şogirdi, universitetda öqiydigan «Azat» ismli talaba ekanini aytdi. Lekin «Azat» bilan uçraştirişni yoki u rostan ham universitetda öqişini tasdiqlovçi biror hujjat körsatişini söraganimizda, xavfsizlik nuqtai nazaridan buning iloji yöqligini bildirdi.
U mablağ masalasiga töxtalib, universitetda bunday loyihalarga mablağ yöqligi va mablağ topilsa universitet öqituvçi-professorilarning oyligini oşirişga yönaltirilişini qöşimça qildi.
Ijtimoiy tarmoqda «ğalamis» fikrlarga javoban yozilgan kommentlar «skrin» qilinib guruhga taşlanişi masalasini esa u odatda ijobiy kommentlar öçirib yuborilişi bilan izohladi. Biroq rektor örinbosari nima sababdan izohlar «skrin» qilinişini töliq tuşuntirib bera olmadi.
Şundan söng, guruh a'zosi, universitet matbuot xizmati kotibi Ğulom Nazarovdan ham izoh oldik.
Ğulom Nazarov
U bu guruhga qanday tuşib qolgani va boşqa holatlarni tuşuntirişga harakat qildi. Aytişiça, u guruhga avgust oyining oxirlarida a'zo bölgan. Guruh taşkil qilinişidan asosiy maqsad ta'lim va amaliyotni birlaştiriş bölgan. Şuningdek, u jurnalist Dilbarni tanimasligi va guruhda taniydigan insonlari kamligini bildirdi. Biroq u prorektor aytgan talabani - «Azat»ni tanimasligini ham ma'lum qildi.
Yuqoridagi izohlarga qaramay baribir juda köp savollar oçiq qolmoqda. Bu loyihadan asl maqsad nima? Nega talabalarga soxta akkauntlardan kirib izoh yoziş körsatma qilinmoqda? Guruhdagi «A.Khodjaev» profilining egasi aslida kim? Nega universitet buni yaşirmoqda?
Prorektor guruhga universitet talabalari a'zo qilinişini aytdi, lekin unda guruhga taşqaridan, jurnalist qiz qanday qilib qabul qilingan? E'lon qilingan materialning audioyozuvlaridagi muloqotda bu bayonotning umuman aksi aytilmoqda. Bu yerda asl yolğonçi kim? Texnika yutuqlarini yaratişi kerak bölgan universitet talabalari nega bunday loyihalar bilan band? Matbuot kotibi aytgan gap töğri bölsa, nega guruh a'zolari bir-birini tanimaydi?
Agar loyihaga rostdan ham xorij valutasida naqd pul körinişida mablağ ajratilayotgan bölsa, buning ortida kim turibdi va uni kim muntazam ravişda moliyalaştirib bormoqda?
Mazkur holat bilan albatta tegişli taşkilotlar şuğullanib, qöyilgan savollarga oydinlik kiritadi degan umiddamiz.
Yuqoridagi viderolikda batafsil ma'lumot olişingiz mumkin