Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Abduraşid Abduqodirov ta'lim tizimidagi korrupsiya töğrisida fikr bildirdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining bevosita rahbarligi va taşabbuslari asosida barça sohada uzoqni közlagan holda islohotlar amalga oşirilmoqda. Maqsad bitta: xalqimizni rozi qiliş, farovonligini ta'minlaş, Vatanimizni dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qöşişdir.

Taraqqiyotga erişişning özi bölmaydi, buning bir qator şartlari mavjud. Eng avvalo, jamiyatdagi turli illatlar — befarqlik, korrupsiya va adolatsizliklarga bermay turib, közlangan uluğvor maqsadlarga erişişning imkoni yöq. Mamlakat rivoji va taraqqiyotida barça işlarni amalga oşiradigan asosiy kuç, bu bilimli, vatanparvar, fidoyi, halol va bugungi kun talablariga javob bera oladigan salohiyatli kadrlardir.

Bejizga Prezidentimiz ta'lim tizimiga va tizimda faoliyat körsatib kelayotgan öqituvçi va murabbiylarni jamiyatdagi obrösi va nufuzini oşiriş maqsadida tizimli işlarni olib bormayapti, çunki mamlakatning ertangi rivoji bugun ta'lim tizimida tahsil olayotgan yoşlarimizga töğridan-töğri boğliqdir.

Gap kadrlar töğrisida ketar ekan, bu kadrlarni tayyorlab berayotgan ta'lim tizimida ahvol qanday, degan haqli savol tuğilişi tabiiy. Davlatimiz rahbari ta'lim tizimi nufuzini kötariş uçun barça işlarni amalga oşirib, hamma muammoni hal qilib berdi, sohada 30-40 yil davomida yeçimini kutib turgan masalalarga yeçim topildi.

Öqituvçilar ta'limga aloqasi yöq jamoat işlardan va majlislardan ozod etilib, ularning faqat öz ustida işlaşi uçun barça şaroit yaratilayotgan bugungi kunda, eng açinarlisi, ayrim ta'lim muassasalarida poraxörlik va korrupsiya holatlari davom etayotgani, ta'lim sifati va mazmuni bilan şuğullaniş örniga mahalliyçilik va jamiyatga qarşi illatlar bilan şuğullanayotgani, buni körib-körmaslikka, eşitib-eşitmaslikka olayotgan yoki ayrim hollarda özlari ham şerik bölayotgan rahbarlarni xeç ikkilanmay xiyonatçi desa töğri bölardi.  

Davlatimiz rahbari joriy yilning 23 avgust kuni ta'lim tizimi taraqqiyoti bilan boğliq masalalarga bağişlangan yiğilişda ham, oliy ta'lim tizimida bugun davom etayotgan korrupsiya va poraxörlik illatlari haqida gapirib, soha mutasaddilari va oliy öquv yurtlari rahbarlaridan jiddiy noroziligini bildirgan edi. Bir qator oliy öquv yurtlari, jumladan, Toşkent davlat yuridik universitetidagi va yana moliya, iqtisodiyot sohasida faoliyat körsatayotgan oliy öquv yurtlaridagi ayançli holatni, poraxörlikni keskin tanqid qilgan edi. Yesemurat Kanyazov misolida rektorlar Uluğbek Azizov va Bahodir Xodiyev özlari uçun tegişli xulosa çiqarmasdan, heç qanday amaliy çoralar körmasdan kelmoqda. Ular qayerga qarayapti, nimaga korrupsiya ildizini olib taşlaşga harakat qilmayapti?