31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida davlat dasturining 2019 yil III çoragida bajarilişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisoboti tinglandi.

Majlisda deputat Abduraşid Abduqodirov Özbekiston fuqarolari nefrologiya va gemodializ muolajasini olişda muammolarga uçrayotgani, jumladan, buyrak yetişmovçiligi bilan kasallangan bemorlar ana şunday muolajani oliş uçun uzoq yillar navbatda turib qolayotganini ta'kidlab, hukumatdan mazkur masala yuzasidan izoh söradi.

deputat Abduraşid Abduqodirov

Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan hali tibbiyot sohasida muammolar köpligini tan oldi. Uning aytişiça, Özbekiston prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2025-yillarda Özbekiston Respublikasining soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasida közda tutilgan yönalişlar içida nefrologiya va gemodializ masalasi ham bor.

Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov

«Özbekiston prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi qarori bilan Respublika nefrologiya, gemodializ va transplantologiya markazi taşkil etildi. Bu yerda quriliş işlari olib borilyapti va Kuvayt arab iqtisodiy rivojlaniş jamğarmasidan olingan kreditlar hisobidan Respublika nefrologiya, gemodializ va transplantologiya markazi va hududlardagi boşqa tibbiyot muassasalari mana şu yönalişdagi jihozlar bilan ta'minlanmoqda. Tibbiy jihozlar şu yildan kelişni boşlagan bölib, 2020 yilning avgustigaça respublika böyiça ta'minot töliq yakunlanadi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Soğliqni saqlaş vaziri mana şu yönalişdagi bemorlarga yordam beriş uçun respublikada transplantologiya masalasi yölga qöyilganiga ikki yil bölganini, transplantatsiya qilingan bemorlar budjet hisobidan zarur dorilar, immunosupressorlar bilan töla ta'minlanganini ta'kidladi. Alişer Şodmonovning işontirişiça, mazkur yönalişdagi bemorlar e'tiborda, bu borada işlar olib borilyapti, muammolar ketma-ketlik bilan hal qilinmoqda.

Moliya vaziri örinbosari Şohrux Şorahmetov