Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Abduraşid Abduqodirov Ukraina masalasi böyiça öz fikrini bildirdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Facebook’dagi sahifasida post joylaştirildi. Quyida uning töliq matni keltiriladi.

«Özbekiston keyingi ikki yil davomida halqaro aloqalarni mustahkamlaş, rivojlantiriş va kengaytiriş böyiça iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boşqa yönalişlarda öta faol harakat qilmoqda. Bunda asosiy taşabbus va harakat davlatimiz rahbari tomonidan amalga oşirilayotgani ham sir emas. Mamlakatlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning mustahkamlanişi, rivojlanişi, körsatkiçlarning ijobiy ösişi, albatta, öşa davlatlarning iqtisodiy rivojlanişiga, aholisining turmuş darajasini ortişiga katta ta'sir etadi. Bunday munosabatlarda ikki tomonlama manfaatli böliş prinsipiga amal qilinişi muhimdir. Örnatilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarining qaysi davlat manfaatlariga köproq mos kelişini juda köp boşqa omillar bilan bir qatorda, ular örtasida amalga oşirilgan eksport – import hajmlarining qay darajada ekanligini ham körsatadi. 

Uşbu maqolada ilgari suriladigan fikrlar Özbekiston va Ukraina örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarining ötmişi, buguni va kelgusi istiqbollari haqida böladi.

Dangalini aytganda, Ukraina “UkrAvto” avtomobil işlab çiqaruvçilarining arizasi asosida Özbekistondan yengil avtomobillar importi masalasida tergov-suriştiruv işlari haqida bayonot berganligi, aniqroq aytadigan bölsak, özining avtomobilsozlik sanoatining yanada rivojlanişini ta'minlaş bahonasi bilan avtomobillarimizning olib kirilişiga çeklov örnatiş maqsadida Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilişi masalalarini örganmoqçi.

Birgina 2018 yilning ötgan davri mobaynida özaro tovar aylanmasi jami 335,8 million AQŞ dollarni, jumladan, 274,6 million AQŞ dollari miqdorida Ukrainadan import qilingan bölsa, Özbekistondan eksport qilingan tovarlar hajmi esa 61,2 million AQŞ dollarini taşkil etgan. Özbekistondan eksport qilingan yengil avtomobillar uluşi yuqoridagi özaro tovar aylanmasiga nisbatan atigi 5,5%ni, yoki Ukrainada işlab çiqarilayotgan öxşaş avtomobillarga nisbatan 1%ga yaqinni taşkil etayotgan hamda 2017 yilda “Ravon” modeli sotuvlar böyiça 10-örinni egallaganligiga qaramasdan Ukraina tomonidan yuqoridagi mazmunda bayonot berilganligi Ukraina xalqiga foyda keltirişidan köra köproq zarar keltirişi aniq. Birgina Ukraina va Özbekiston ikki karra erkin savdo zonasida bölib turganligi sababli Ukrainadan import qilingan tovarlarga nisbatan qöllanilgan imtiyozlar 60 million AQŞ dollaridan ortganligi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.