2018 yilning 23 oktabr sanasida prezidentning 3981-sonli «Elektr energiyasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Qarorda soğlom muhit yöqligi, davlat nazorati haddan taşqari köpligi tanqid ostiga olingandi. Şuningdek, resurs va energiya tejovçi texnikalardan deyarli foydalanilmasligi elektr energiyasini tejaşga jiddiy salbiy ta'sir etayotgani tuşuntirilgandi. Respublikadagi barça foydalanuvçilar uçun tejamkor elektr hisoblagiçlar örnatilişi körsatilgandi.
Qarorga köra, yangi körinişdagi tejamkor elektr hisoblagiçlar iste'molçilarga ta'minoti korxonalar tomonidan bepul örnatib berişi tasdiqlangandi.
Biroq oramizda fuqarolarning huquqiy bilimi sayozligidan foydalanib, mömay daromad olişni istaydiganlar ham uçrab turibdi, afsuski.
Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berişiça, joriy yilning avgust oyida Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bölimi boşliği nomiga Sergeli tumanida yaşovçi fuqaro M.Alibekovadan kelib tuşgan murojaatda özini MIB xodimi sifatida taniştirgan D. ismli şaxs aslida bepul örnatilişi kerak bölgan hisoblagiç örnatib beriş evaziga 900 ming söm pul talab qilgan.
Fuqaro holat yuzasidan tegişli taşkilotga xabar bergaç, D. ismli şaxs xonadonga kelib oldindan aytilgan pullarni olayotgan paytida tezkor xodimlar tomonidan uşlangan.
Aniqlanişiça, D. ismli şaxs Sergeli tuman gaz korxonasida çilangar vazifasida işlab kelgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Yangi elektr hisoblagiçlar bepul örnatiladi, şuni unutmang!
















