Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni suv resurslarini boşqariş tizimini isloh qiliş va suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
«Ma'lumki, butun dunyoda suv taqçilligi muammosi yildan yilga kuçayib bormoqda. Mamlakatimizda bu masalaga alohida e'tibor qaratilib, suvdan oqilona foydalaniş çoralari körilmoqda. Sohada boşqaruv tizimini takomillaştiriş maqsadida Suv xöjaligi vazirligi taşkil qilindi.
Davlatimiz rahbari körsatmalariga muvofiq işlab çiqilayotgan qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2030 yilgaça möljallangan strategiyasida ham suvdan foydalaniş va uni tejaş böyiça dolzarb çora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Yiğilişda suğorişdagi yöqotişlarni qisqartiriş, ajratilayotgan budjet mablağlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda 3 million 200 ming gektar yerga 46 milliard kub metr suv sarflanib, uning 60 foizi ekinlarga yetib boryapti, xolos. Çunki jami 180 ming kilometr suğoriş tarmoqlarining 23 foizi beton qoplamali bölib, ular ham 30-35 yildan buyon deyarli yangilanmagan.
Yana bir sababi ekin maydonlarining 98 foizi eskiça uslubda suğorilayotgani, ekinlar nomaqbul joylaştirilayotganidir. Suvdan samarali foydalaniş, hisobini yuritiş, irrigatsiya tarmoqlarida suv tejovçi yangi texnologiyalarni qöllaş böyiça heç bir taşkilot talab qöymayapti.
Şu bois hududlarning suv ta'minoti va uni tejaş imkoniyatidan kelib çiqib, ekinlarni joylaştirişning takomillaştirilgan tizimini işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Suv xöjaligi vazirligiga Janubiy Koreyaning 7 million dollarlik granti hisobidan 61ta suv xöjaligi obektida suv sarfini onlayn kuzatiş imkonini beruvçi «Aqlli suv» tizimini joriy etiş vazifasi yuklatildi. Kelgusi yili 120ta va 2023 yilgaça 300ta obektda uşbu tizim tatbiq etiladi.
Energetika vazirligiga 1 ming 700ta nasos stansiyasini 2020 yil yakunigaça elektr energiya iste'molining avtomatlaşgan nazorat tizimiga ötkaziş topşiriği berildi.
Umuman, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qiliş zarurligi körsatib ötildi.
«Sohada bozor mexanizmlarini tatbiq etiş ham zamon talabi. Negaki hozirda hatto yuqori daromad keltiruvçi ekin maydonlari, boğlar va tokzorlarga ham suv davlat hisobidan yetkazib berilmoqda.


















