Dzyudo böyiça Toşkentda ötkazilayotgan Gran-pri turnirining ikkinçi kungi bahslari hal qiluvçi pallaga kirdi.
-73 kgda iştirok etayotgan Hikmatullo Törayev musobaqa finaliga çiqdi. U yarimfinalda turkiyalik Bilol Çilöğlidan ustun keldi.
Uşbu vaznda ham tört nafar özbekistonlik dzyudoçi bahslarga kirişgan edi. Ğiyosjon Boboyev, Umidjon Abdullayev va Obidxon Nömonovlar ilk uçraşuvdayoq mağlub böldi va musobaqani tark etdi.
Şuningdek, turnirda ayollar örtasida -70 kggaça dzyudoçilar bahslarida özbekistonlik Gulnoza Matniyozova finalga çiqdi. U yarimfinalda venesuyelalik E.Rodriges ustidan ğalaba qilgan. Finalda tojikistonlik Behrözi Xöjazodaga qarşi kuraşadi.
Bundan avval Şarofuddin Boltaboyev hamda Kamoliddin Rasulovlar -81 kgda finalga çiqqani xabar qilingan edi.
















