Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda.

-79 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Raşid Qurbonov nimçorak finalda eronlik Bahmad Muhammad Temuriy bilan kuraşdi va 13:10 hisobida ğalabaga erişdi. Endi u çorak finalda armanistonlik Grigor Grigoryan bilan bellaşadi.

Qurbonov saralaşda janubiy koreyalik Jang Vumin bilan kuç sinaşib, 12:2 hisobida ğalaba qozongandi.

-86 kg vazn toifasidagi Jabroil Şapiyev esa nimçorak finalda rossiyalik Artur Naifonovga 0:6 hisobida mağlub böldi.

U saralaş bosqiçida ozarboyjonlik Aleksandr Gotsiyevni (4:1) va gruziyalik Sandro Aminaşvilini (6:3) mağlub etgandi. Endi Naifonov finalgaça borsa, Şapiyevda bronza va Olimpiada yöllanmasi uçun kuraşiş imkoniyati saqlanib qoladi.