Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining birinçi majlisida senator Enaxon Siddiqova ayrim hududlarda töy-haşamlar uçun taklifnoma ham tarqatilmasligini aytib, bu borada hududlarning öziga xosligiga alohida e'tibor beriş zarurligini ta'kidladi.

«Masalan, Farğonaning ayrim joylarida odamlar töy haqida velosipedda köçama-köça xabar qilib çiqişadi. Mehmonlar ham öz navbatida töyga mehmon böliş yoki tomoşa qiliş maqsadida kelişadi. Tabiiyki, bu bitta töyda belgilangan me'yordagidan köp odam yiğilişini anglatadi», deydi Enaxon Siddiqova.

Bundan taşqari, senator hozirgi töylarda qiz tarafga juda katta oğirlik tuşayotganini ta'kidlab, bu borada asosiy masala ayollarga boğliq bölib qolayotganiga urğu berdi.

«Şuning uçun komissiya Xotin-qizlar qömitasi va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda tuşuntiriş işlarini olib borib, töy qiluvçi tomonlarga öz majburiyatlarini töğri tuşuntirişi zarur», deb fikr bildirdi u.

Ma'lumot uçun, «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan ötkaziladigan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi, qöşaloq töy-haşamlarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi belgilangan.