2021 yil uçun grin-karta lotereyasiga arizalar 2019 yil 2 oktyabridan 5 noyabriga qadar qabul qilinadi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti ma'lum qildi.

E'tiborlisi, bu gal anketa töldiriş jarayonida talabgorlar xalqaro sayohat pasporti seriyasini ham kiritişlari talab etiladi. Demak, lotereyada qatnaşişni istovçi Özbekiston fuqarolari xorijga çiqiş pasportini («qizil pasport») olişlariga töğri keladi.

2 oktyabrdan boşlanadigan ariza qabul qiliş jarayoni 5 noyabr, Toşkent vaqti bilan soat 22:00da töxtatiladi. AQŞ Davlat departamenti ariza berişning oxirgi haftasigaça kutmaslikni maslahat beradi, boisi yakuniy muhlat yaqinlaşgani sari registratsiya saytiga taşriflar soni ortişi sayt faoliyatini qiyinlaştirişi mumkin.

Kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tanlov bilan aniqlanadigan natijalar 2020 yil 5 mayida e'lon qilinadi. Bu galgi lotereya bilan jahon böyiça 55 ming kişiga AQŞ vizasi berilişi közda tutilgan.

Ma'lumot uçun, lotereyada qatnaşiş bepul. Talabgorlar https://dvlottery.state.gov saytidagi anketani töldirişlari lozim.

Xorijga çiqiş pasporti qanday olinadi?

Özbekistonda 2019 yil 1 yanvaridan boşlab xorijga çiqiş uçun ruxsatnoma stikeri berilişi töxtatilgan va uning örnini amal qiliş muddati 10 yil bölgan xorijga çiqiş biometrik pasporti egallagan.

Uni oliş uçun fuqaro doimiy röyxatdan ötgan joylardagi içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalariga, xorijda esa Özbekistonning konsullik muassasalariga murojaat etişi lozim.

Xorijga çiqiş pasporti ariza berilganidan söng 10 iş kunida, xorijda esa diplomatik poçtani jönatiş grafigiga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.

Bunda tölanadigan davlat boji Özbekiston fuqarolari uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 1,2 baravari (267 600 söm), fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun 1 baravari (223 ming söm) etib belgilangan.

Xorijga çiqiş pasportini oliş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– belgilangan şakldagi ariza-anketa;
– biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoşga tölmagan fuqarolar uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma;