10-12 sentabr kunlari Şveytsariyaning Tsyurix şahrida bölib ötgan Butunjahon ta'lim sammitida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Taşkenbayev O‘zbekiston vakili sifatida iştirok etdi.

Sammit doirasida jahonning yetakçi universitetlaridan xalqaro ekspertlar iştirok etgan va unda «Dunyo universitetlari reytingi - 2020» e'lon qilingan.

Kun.uz muxbiri mamlakatimiz OTMlarida ta'lim sifatini oşiriş, xalqaro miqyosda talabgir bölgan mutaxassislar tayyorlaş hamda mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarini dunyoning kuçli universitetlari reytingiga kiritiş böyiça olib borilayotgan hamkorlik aloqalari haqida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Taşkenbayev bilan suhbatlaşdi.

Uluğbek Taşkenbayev

— Butunjahon ta'lim sammiti Özbekiston uçun qaysi jihatlari bilan ahamiyatli böldi, deb hisoblaysiz?

— Ayni paytda davlat rahbari tomonidan Özbekiston oliy ta'lim muassasalarining xalqaro darajadagi nufuzini oşirişda yetakçi xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş vazifasi topşirilgan bölib, delegatsiyamiz tomonidan taşrif davomida mazkur sammitni taşkil qilgan Xalqaro oliy ta'lim muassalari reytingi agentligi – THE (Times Higher Education) bilan hamkorlik şartnomalarini imzolaş böyiça muzokaralar olib borildi.

Şuningdek, Şveytsariya federativ respublikasining ta'lim tizimidagi ilğor tajribalarini örganiş, ta'lim muassasalari va ta'lim sifatini ta'minlaş sohasida faoliyat yuritadigan taşkilotlar örtasida özaro manfaatli aloqalar örnatişga erişildi.

— Sammit doirasida «Dunyo universitetlari reytingi - 2020»ning rasman e'lon qilingani haqida ta'kidladingiz. Reytingdan örin oliş uçun qanaqa talablar qöyiladi? Özbekiston OTMlari bugungi kunda mazkur talablarning qaysilariga javob bera oladi?

— Mazkur reytingda 92 mamlakatning 1400ga yaqin universitetlari qatnaşdi.

Natijalariga köra, ikkinçi yil hisobida ham birinçi örinni Oksford universiteti egallab turibdi.