Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fin ko‘rfazida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 19 sentabr kuni Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi G.O.ning jasadi topilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Hozirda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Leningrad oblasti tergov organlari bilan aloqa o‘rnatdi, hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026