Jahon | 00:08 / 23.09.2019
16198
2 daqiqa o‘qiladi

Mitsubishi bir xodimi sababli 320 mln dollar yo‘qotdi

Foto: Reuters

Mitsubishi’ning Singapurdagi bo‘limi Petro-Diamond Singapore (PDS) xom neftni ruxsatsiz sotishdan 320 mln dollar ziyon ko‘rdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

PDS xodimi Xitoy uchun neft sotish bilan shug‘ullangan. U 2019 yil yanvardan boshlab rahbariyat ruxsatisiz “derivativlar bilan bitimlarda ishtirok etib, ularni xejlash operatsiyalari ostida yashirgan”. U bunda kompaniyaning ichki ma'lumotlaridan foydalangan.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, asosiy yo‘qotishlar neft narxi pasayishi ortida iyunda boshlangan. PDS o‘z xodimi noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirganini avgust o‘rtalarida bilib qolgan. Kompaniya ushbu holat bo‘yicha tergov boshlangan, xodim esa 18 sentyabrda ishdan bo‘shatilgan. PDS uning ustidan politsiyaga shikoyat qilgan.

Mitsubishi xodimning harakatlaridan ko‘rilgan zararni hisoblashni davom ettirmoqda. Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, bu yo‘qotish Mitsubishi tarixidagi ilk shunday yo‘qotishdir.

Mavzuga oid