Ucell hamda Özbekistondagi birinçi IT Park hamkorlikda dasturçilar uçun nufuzli yangi tanlov – «Ucell mobile challenge 2019»ni e'lon qilişdi. Unda tegişli malakalarga ega bölgan har bir kişi öz kuçini sinab körişi va pul yutuqlarini yutib oliş imkonini qölga kiritişi mumkin!
«Ucell mobile challenge 2019» jami uçta yönalişda ötkaziladi:
1. Savdo ilovalari (kafe va restoranlar, savdo vakillari uçun tizim, savdo maydonçasi);
2. Mamlakat aholisi va mehmonlariga foydali ilovalar (turizm, taksi);
3. FinTech sohasi ilovalari (skoring tizimi, pul mablağlari monitoringi va hisobini yuritiş hamda moliyani boşqariş platformasi, neobank, smartfon orqali tölov).
Şuningdek, bölajak iştirokçilar öz ilovalarining quyidagi talablarga javob berişini ham hisobga olişlari lozim: ilova abonentning uyali telefon raqamiga boğlanadigan, monetizatsiya usuliga ega bölişi, bitta yoki undan ortiq biznes-vazifani hal etişi, boşqa tizimlar bilan oson integratsiya qilinişi, tezda joriy etila olişi, işga tuşiriş va egalik qiliş uçun oqilona narxli, axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfsiz, intuitiv tuşunarli interfeysli bölişi. Tanlovda yakka holda ham, jamoa bölib ham qatnaşiş mumkin.
Tanlov ğoliblari 2019 yil 25 noyabr kuni, 2019 yil 19 oktyabrdan to 10 noyabrgaça bölib ötadigan 23 kunlik xakatondan söng aniqlanadi.

Unda quyidagi sovrinlar öynaladi:
- birinçi örin – 300 mln söm;
- ikkinçi örin – 200 mln söm;
- uçinçi örin – 100 mln söm.
Barça xohlovçilar şoşilişlari darkor, çunki arizalar qabul qilişning sönggi muddati – 2019 yil 13 oktabr! «Ucell mobile challenge 2019»













