21-sentabr — Butunjahon tozalik kuni. Butunjahon tozalik kuni — bu inson özi yaşab turgan hudud ozodaligini körsatiş, tozalik örnatiş ğoyasini ifoda etadi. Bu kun oddiy boşlaniş tarixiga qaramasdan jahonning qator mamlakatlarida ommalaşib ketgan. Ğoya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 köngillilar mamlakatni çiqindilardan xoli etiş uçun birlaşgan.
Bugungi kunga kelib mazkur kun köngillilarning bir kun davomida 150 dan ortiq mamlakatni bir maqsad birlaştiruvçi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi taşabbusi bilan Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi, viloyat yoşlar ittifoqi hamda “Toza hudud” DUK hamkorligida 21 sentabr kuni Angren şahri, Yangiobod qörğoni hududini çiqindilardan tozalaş böyiça #trashtagchallenge aksiyasi bölib ötdi.

Aksiyada köngillilar, OAVlari xodimlari, jurnalistlar guruhi faol iştirok etdi. Aksiya iştirokçilari xalqaro aksiya hamda hamkor taşkilotlar logotipi tuşirilgan kepkalar, futbolkalar hamda hududni tozalaş uçun zarur bölgan anjomlar (qölqoplar,çiqindi uçun qoplar) bilan ta'minlandi.
Aksiyada jami 200 dan ortiq iştirokçi qatnaşdi.














