Jizzax viloyatida joylaşgan «Foriş» toğ-dala öquv maydonida Mudofaa vazirligi qöşinlari razvedka bölinmalari örtasidagi «Razvedka reydi» musobaqasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda okrug hamda oliy harbiy ta'lim muassasalaridan jami 11ta jamoa iştirok etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Ayniqsa, razvedkaçilarimiz 2018 yili Buyuk Britaniyada 133ta jamoa iştirok etgan «Kembriya patruli» musobaqasida 1-örin, joriy yilda xalqaro armiya öyinlarida 8ta jamoa örtasida 2-örin, yaqinda Qozoğistonda ötkazilgan «Oltin ukki» musobaqasida esa faxrli 2-örinni qölga kiritdi.
Tadbirda söz olganlar mazkur yutuqlarni alohida ta'kidlar ekan, uşbu musobaqada iştirok etayotgan jamoalar orasidan ham ana şunday iqtidorli, bilimli va yuksak salohiyatli yurt himoyaçilari saralanişiga işonç bildirdi.
Ta'kidlaş kerakki, mazkur musobaqa uç bosqiçda ötkazildi. Dastlab, harbiy qism, söngra okrug miqyosida ğolib bölgan jamoalar yakuniy bosqiçda iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritdi. Yakuniy bosqiçda esa ular 10ta şart böyiça özaro bellaşadilar.
Şu kuni jamoalar ilk şartlarni bajarişga kirişdi. Dastlab harbiy xizmatçilar 7,5 kilometrlik masofaga oğirligi 35 kilogrammga yaqin bölgan yuk qopi bilan marş yurişdi. Maşğulot şartiga köra, har bir jamoa yuqori qömondonlikdan berilgan maxsus vazifalarga asosan şartli duşman joylaşgan hududni aniqlaş va qaror işlab çiqiş vazifalarini bajarişdi. Şuningdek, marş yuriş davomida minalaştirilgan yölaklardan betalafot ötiş, jangda yaralangan harbiy xizmatçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatiş va uni bir yarim kilometr masofaga evakuatsiya qiliş sinovlaridan ötdi.
Şundan söng uç kilometr uzoqlikdagi joylaşuv hududiga yetib boriş, u yerda qöriqlov örnatiş va guruh şaxsiy tarkibiga vaqtinçalik yaşaş joyini hozirlaş, dala şaroitidan kelib çiqqan holda, zarur şaroitlar yaratiş singari şartlarni bajarişdi.
Jamoalarning har bir harakati Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlaridan tayinlangan hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi. Oldinda hali iştirokçilar belgilangan hududda razvedka işlarini olib boriş, şartli duşmanning obektini yakson qiliş, suvli tösiqlardan ötiş, azimut böyiça ön kilometr masofaga harakatlaniş, 3 kilometr masofaga yuguriş, kimyoviy zararlangan hududlardan himoyalaniş, ruhiy yölaklar tösiğidan ötiş va mutaxassislik böyiça qator me'yorlarni bajaradilar.

























