2019 yil I yarmida Özbekistonga jismoniy şaxslarning transçegaraviy pul ötkazmalari 2,59 mlrd dollarni taşkil etdi.
Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uçun tölov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, şuningdek, taşqi qarz böyiça ma'lumotlarida aytilişiça, 2018 yil I yarmida uşbu körsatkiç 2,28 mlrd dollarga teng bölgan.
Öz navbatida, 2019 yil I yarmida Özbekistondan ötkazmalar miqdori 467 mln dollarni taşkil qildi. 2018 yil I yarmida - 401,1 mln dollar.
2019 yil I yarmida eng köp pul ötkazmalari MDH davlatlaridan amalga oşirilgan - 2,15 mlrd dollar. Bunda kuçli uçlik quyidagiça körinişga ega: Rossiya Fedepatsiyasi - 1,97 mlrd, Qozoğiston - 144,1 mln, Qirğiziston - 16,6 mln dollar.
Qolgan mamlakatlar hissasiga 433,9 mln dollar töğri keldi.

















