Dunyoda 50 milliondan ortiq inson «zamonaviy qullik» şaroitida bölib, iqlim özgarişi tufayli yaqin 30 yilda yana millionlab odamlar uşbu xavfga duç keladi.
Anadolu agentligining yozişiça, qullik 200 yildan köproq vaqt oldin rasman taqiqlangan bölsada, «zamonaviy qullik» hodisasi butun dunyo böylab millionlab odamlarga ta’sir qiluvçi jiddiy inson huquqlari muammosi bölib qolmoqda.
Majburiy mehnat, qarzdorlik, jinsiy ekspluatatsiya, majburiy nikoh, odam savdosi, bolalar mehnati va bolalarga nisbatan tazyiq — bularning barçasi global kölamda surunkali muammoga aylangan zamonaviy qullikning şakllaridir.
Xalqaro mehnat taşkiloti, Migratsiya böyiça xalqaro taşkilot va Walk Free jamğarmasi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda 50 milliondan ortiq inson zamonaviy qullik şaroitida kun keçirmoqda. Bu dunyo aholisining 0,6 foizi demak.
Ularning 28 millioni majburiy mehnatga, 22 milliondan ortiği esa majburiy nikohga duç kelgan bölib, «zamonaviy qullar»ning uçdan ikki qismi — ayollar, jumladan, 15 yoşgaça bölgan qizlardir.
YUNISEF ma’lumotlarida keltirilişiça, dunyoda oğir mehnatga jalb qilingan 160 milliondan ortiq bola bor. Ularning har tört nafardan bittasi soğliq uçun zararli, jumladan, qişloq xöjaligi, foydali qazilmalar qaziş va tekstil sanoatida faoliyat yuritadi.
Bundan taşqari, 30 millionga yaqin migrant bolalar odam savdosi va jinsiy qullik xavfi ostida. Zamonaviy qullikning eng yuqori darajasi Janubiy Osiyo, Afrika va Xitoyda kuzatilmoqda. Birgina Hindistonning özida majburiy mehnatga 11 milliondan ziyod inson jalb etilgan. Aftikada 9 millionga yaqin «zamonaviy qul»lar yaşasa, Yaqin Şarqda ularning soni 5 milliondan oşadi.
Iqlim özgarişi zamonaviy qullik asosiy omillaridan biriga aylangan. BMT prognozlariga köra, 2050 yilga borib Janubiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadagi 216 million inson tabiiy ofatlar tufayli öz uylarini tark etişga majbur böladi — bu esa ularning qullik xavfi ostida qoliş ehtimolini oşiradi.

















