Nyu-Yorkda qullikdan jabr körganlarning avlodlariga yetkazilgan zararni qoplaşga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi. The New York Times’ning xabar berişiça, qonun doirasida maxsus komissiya tuzilib, uning a’zolari reparatsiya rejasini işlab çiqadi.
Komissiya, şuningdek, qullikning oqibatlarini örganişni ham öz zimmasiga oladi. Bular qatoriga jinoiy ta’qibdagi tengsizliklar, sifatsiz tibbiy xizmat körsatiş va munosib ta’lim oliş imkoniyati bölmagani kabi masalalar kiradi.
Kompensatsiya sifatida jabrlanganlarning avlodlari nafaqat moliyaviy yordam oladi, balki ularning ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari ham oşiriladi. Bundan taşqari, hokimiyat vakillari ulardan rasmiy keçirim söraydi.
Ma’lumot uçun, 1862 yilda prezident Avraam Linkoln AQŞda qullikni bekor qiliş töğrisidagi farmonni imzolagan. Bu qaror 1863 yildagi qullarni ozod etiş haqidagi e’lon bilan yanada mustahkamlandi. Ammo janubiy ştatlar buni tan olmagani sababli, 1865 yilda fuqarolar uruşi yakunlanguniga qadar qullikni bekor qiliş amalda kuçga kirmadi.
Qonun 1865 yil 1 fevralda AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatiş bilan uzil-kesil e’lon qilingan bölsa-da, dastlab ştatlarning törtdan bir qismi uni ratifikatsiya qilmadi. Oxirgi bölib Missisipi ştati 2013 yilda rasman qullikni bekor qildi.
















