Özbekistonlik 23 yoşli Nodira Qodirova Turkiya poytaxti Anqara şahrida parlament deputatining uyida özini otib qöydi.

Politsiyaning dastlabki xulosasiga köra, u deputatga tegişli töpponça bilan öz joniga qasd qilgan. Qizning akasi esa deputat voqeadan oldin singlisiga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan bölişi mumkinligini aytmoqda.

Hodisa 23 sentabr kuni Turkiyada hukmron partiya deputati, iste'fodagi general Şirin Unalning xonadonida röy bergan. Marhumning yonidan öqotar qurol topilgan, uning ölimi şahardagi kasalxonalardan birida qayd etilgan.

Ma'lum bölişiça, Nodira Qodirova parlament a'zosining uyida bir yildan buyon xizmatçilik qilayotgan, siyosatçining bemor xotiniga qarayotgan bölgan.

Politsiya hodisa vaqtida Şirin Unal, uning xotini, qizi va boşqa bir xizmatçi uyda bölganini aniqladi. Rasmiy axborotda aytilgan boşqa bir xizmatçi ham özbekistonlik bölişi mumkin – OAV ma'lumotiga köra, uy bekasini parvarişlaş bilan Qodirovadan taşqari yana bir Özbekiston fuqarosi şuğullanib kelgan.

Universitetga kiriş orzusidagi qizning öz joniga qasd qilişiga heç qanday sabab yöq edi

Marhumning akasi Muhammadali Qodirovning «Sözçi» gazetasi muxbiri bilan suhbatda aytişiça, singlisi voqeadan bir kun oldin aytgan sözlari bilan Laylo ismli dugonasini xavotirga solgan.

«Juda yomon işlar bölyapti. Akamning köziga qanday qarayman? Ölişni xohlayapman», – deb aytgan u telefondagi suhbatda.

Şuningdek, Muhammadali singlisining öz joniga qasd qilişga heç qanday sabab bölmaganini ta'kidladi. Unga köra, qiz yaqin kunlarda universitetga kiriş uçun öquv kursiga bora boşlaşni rejalaştirgan edi.

«Bilişimizça, Nodira soat 20:48da deputatning töpponçasi bilan yuragiga öq uzgan. Uning hayotini saqlab qola olişmagan – ölim soat 21:50da qayd etilgan.

Singlim 4 yildan buyon Turkiyada yaşayotgan edi. Ikkalamiz ham muammosiz yaşab kelayotgandik. Uning suitsidi bizni şokka tuşirdi», – deydi marhumning akasi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bergan ma'lumotga köra, mamlakatning Turkiyadagi elçixonasi Konsullik bölimi vaziyatni nazoratga olgan. Jasad 25 sentabr kuni Anqara-Istanbul-Toşkent yönalişi bilan uçgan samolyotda vatanga yuborilgan.