Bugun, 26 sentabr kuni Toşkent viloyati sudida özbekistonlik tarixçi olim, turkologiya mutaxassisi Andrey Kubatinning işi körib çiqildi va olim töliq oqlanib, sud zalidan ozod etildi. Bu ma'lumotni Andrey Kubatinning rafiqasi Feruza Jumaniyozova feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

Foto: Facebook/ Feruza Djumaniyazova

Toşkent davlat şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan uşbu yoş olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasida («davlatga xoinlik qiliş») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib hibsga olingandi.

Öşa yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi. Unga nisbatan e'lon qilingan sud hukmida u çet el fuqarosiga (Turkiya) ma'lum miqdordagi pul evaziga göyoki Özbekiston Davlat arxivi va Şarqşunoslik institutida saqlangan elektron kitoblarni, davlat siri aks etgan hujjatlarni berib yuborgani aytilgandi.

Yoş olimga jazo belgilanişi faollarning hamda dunyo ilmiy hamjamiyatining keskin noroziligiga sabab bölgan edi. Özbekistonlik va xorijlik olimlar, huquqşunoslar, Kubatinning yaqinlari va hamkasblari tomonidan aytilgan köplab e'tirozlar, turli instansiyalarga yöllangan murojaatlardan söng iş qayta körib çiqildi.

Natijada Andrey Kubatin aybsiz ekanligi e'tirof etildi va u JPKning 83-moddasi böyiça («Reabilitatsiya uçun asoslar») sud zalidan ozod qilindi.

Özbekiston Ombudsmani ham Kubatin işi böyiça bayonot berdi.

«Uçraşuv yakunlari böyiça Özbekiston Boş prokuraturasi va Oliy sudiga Ombudsmanning tegişli murojaati yöllangan edi. Ombudsman öz murojaatlarida Andrey Kubatinning Vatanga daxldorlik hissi va Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlarni röyobga çiqarişda faol iştirok etişga tayyorligi, davlat va jamiyatning rivoji yölida mehnat qilişi haqidagi sözlarini alohida qayd etib ötgandi.

Ombudsman vakillari sudning instansiya apellyatsiyasi majlislarida qatnaşgan. 

Ombudsman sud qarorini olqişlaydi», — deyiladi Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili bayonotida.