Jahon | 11:47 / 01.10.2019
47602
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktidadan 50 yil ichidagi eng katta aysberg ajraldi

Foto: EPA

Antarktidada oxirgi 50 yil ichidagi eng katta aysberg hosil bo‘ldi. Uning og‘irligi 315 mlrd tonnani, maydoni esa 1636 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. 

“Yaqinda Antarktidadan oxirgi 50 yil ichidagi eng katta hamda rekord og‘irlikka ega 315 mlrd tonnalik aysberg ajraldi. Uning maydoni Shotlandiyaning Skay oroliga teng. Muz qoya D28 nomini oldi”, deyilgan xabarda.

Aysberg Antarktikaning Emeri deb ataluvchi sharqiy sohilida hosil bo‘lgan. Bu yerdan tez-tez aysberglar ajrab turadi.

Olimlar endi bu muz qoyaning harakatlanishini sinchkovlik bilan, jumladan sun'iy yo‘ldoshlar yordamida kuzatib boradilar, chunki u kelgusida kemachilikka xavf solishi mumkin.

Mavzuga oid