Ispaniyada ilk bor ayol kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: elpais.com
Ispaniya odil sudlovi tarixida ayol kishiga umrbod qamoq jazosi hukmi chiqarildi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.
Almeriyadagi hukm chiqaruvchilar hay'ati 45 yoshli Ana Xuliya Kesada ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Dominikan Respublikasidan bo‘lgan migrant ayol o‘zining jazmani Anxel Krusning 8 yoshli o‘g‘li Gabrielni o‘ldirishda aybdor deb topildi.
Bola 2018 yil 27 fevralda Almeriya yaqinidagi Las-Ortichuelas qishlog‘ida bedarak yo‘qolgan. Mahalliy aholi bolani qidirishni tashkillashtirgan, unda Kesada ham faol ishtirok etgan. 2 haftadan keyin politsiya ayolning avtomobili ichidan bolaning jasadini topgan. Ayol bolani o‘ldirganini tan olgan. Qotil dastlab bolaning jasadini o‘z hovlisida ko‘mgan, so‘ngra uni boshqa joyga yashirishga qaror qilgan.
Kesadaning advokatlari ayol voqea vaqtida dori vositalari ta'siri ostida bo‘lganini ta'kidlashgan, ammo hukm chiqaruvchilar bu vajni qabul qilishmagan. Ular ayol bola uni taniganidan foydalanib, uning ishonchini suiiste'mol qilganini og‘ir holat deb topishgan.
Bundan tashqari, qotil ayol bola ota-onasining har biriga 250 ming yevrodan moddiy zarar to‘lashi hamda bolani qidirish ishlari bilan bog‘liq 200 ming yevrolik sarf-xarajatlarni qoplab berishi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

20:56 / 17.03.2025
Madrid Rossiyaning 65 nafar fuqarosiga yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi

14:20 / 13.03.2025
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

22:23 / 19.02.2025