Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 27 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida bölib ötgan boks böyiça jahon çempionatida yuqori natijalarga erişgan bir guruh sportçi va murabbiylar faxriy unvonlar va medallar bilan taqdirlangan edi.

30 sentabr kuni Köksaroyda ana şu yuksak mukofotlarni topşiriş marosimi böldi. Marosimda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, sport federatsiyalari rahbarlari, boksçilarning ota-onalari iştirok etdi. 

Mamlakatimizda yoşlar kamoloti, sport rivoji uçun puxta zamin yaratilgan. 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş konsepsiyasi izçil amalga oşirilmoqda. Joylarda yangi sport obektlari işga tuşirilib, yoşlar soğlom turmuş tarziga faol jalb etilmoqda. Professional sportçilarning maşğulotlar ötkazişi, mahoratini muntazam oşirib borişi uçun zarur şaroit yaratilmoqda.

Joriy yilning 4 sentabr kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilangan edi.

Ötgan qisqa vaqtda mamlakatimiz vakillari bir neçta turnirlarda iştirok etib, ulkan yutuqlarni qölga kiritdi. Xususan, 14-22 sentabr kunlari Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahrida bölib ötgan yunon-rum kuraşi böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi 4 ta medal bilan 2-örinni egalladi. E'tiborlisi, sovrindor sportçilarimiz 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga ham yöllanma oldi.

20-25 sentabr kunlari Toşkentda dzyudo böyiça xalqaro Gran-pri turniri yuqori saviyada ötkazildi. Unda 71 mamlakat sportçilari 14 ta vazn toifasida qatnaşdi. Yurtimiz terma jamoasi jami 6 ta medal bilan 2-öringa sazovor böldi.

6-22 sentabr kunlari Yekaterinburg şahrida bölib ötgan boks böyiça jahon çempionati sportçilarimiz uçun yanada muvaffaqiyatli böldi. Saksonga yaqin mamlakatdan eng kuçli çarm qölqop ustalari iştirok etgan ğoyat keskin bellaşuvda terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medalni qölga kiritdi. AQŞ, Kuba, Rossiya, Qozoğiston, Angliya, Hindiston kabi boks böyiça yetakçi davlatlar vakillarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi. Jamoa sardori Bahodir Jalolov çempionatning “Eng yaxşi boksçisi” deb topildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz sportçilarini, ularning ustoz va murabbiylarini, butun xalqimizni boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasining tarixiy ğalabasi bilan samimiy muborakbod etdi.

– Jahon çempionatida yuksak mardlik va matonat körsatib, yurtimizga şunday buyuk ğalabani olib kelganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir. Öşa kunlari keksayu yoş – butun xalqimiz sizlarga zafar tilab, katta hayajon va qiziqiş bilan öz nigohini Yekaterinburg arenasiga qaratdi. Elimiz ana şu ulkan işonçni oqlagan sizdek jasur, vatanparvar avlod bilan haqli ravişda faxrlanadi, – dedi davlatimiz rahbari.