I Xalqaro «Tashkent book fest – 2019» kitob körgazma-yarmarkasi dasturidan örin olgan tadbirlar doirasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda NOVDA edutainment kompaniyasi tayyorlagan «Ötkan kunlar» audioromanining taqdimoti ötkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Yozuvçining uşbu asari yuzasidan bir asrdan buyon jiddiy fikr mulohazalar bildirib kelinmoqda. Şuning uçun ham aynan uşbu kitobning audiovarianti tayyorlandi.


Garçi bu asar oldin ham audio holatida taqdim etilgan bölsa-da, biz tayyorlagan variant ilk marta tahrirsiz holatda, kitobning asl variantidan foydalanilgan holda tayyorlandi», - deya ma'lumot berdi NOVDA edutainment kompaniyasi vakillari.

Körgazmada ma'lumot berilişiça, «Ötkan kunlar» audioromanining davomiyligi 17 soatu 36 daqiqadan iborat bölib, 57 nafar aktyor ovoz beriş jarayonlarida iştirok etgan.
Eng malakali mutaxassislar iştirokidagi ovoz beriş jarayonlari 32 kun davom etgan bölib, montaj işlari 30 kun içida amalga oşirilgan.
«Bundan taşqari, kuy-qöşiqlar ham eng sara ansambllar tomonidan jonli ijro etilgani tufayli asarning ruhi yanada kötarilgan», deya ma'lumot berdi NOVDA edutainment kompaniyasi.
















