Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘ndan ortiq yangi kelishuvlar imzolanadi
2020 yil boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi bilan borishi asnosida Rossiya bilan kamida 12ta yangi kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Bu haqda Rossiya federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«O‘zbekiston prezidentining kelasi yil fevralda Rossiyaga tashrifiga jiddiy hozirlik ko‘ryapmiz. Adashmayotgan bo‘lsam, kamida 12ta yoki undan ko‘proq yangi kelishuvlar ustida ishlayapmiz», – dedi Matviyenko Oliy Majlisda Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan kechgan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil oktyabrida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan va unda 20ta hujjat imzolangan edi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026