2019 yilning 2 oktabr kuni soat 00:38da Namangan viloyati Kosonsoy tumani Navbahor MFY hududida joylaşgan xususiy tadbirkorga tegişli parrandaçilik fabrika binosida yonğin sodir bölayotgani haqida yonğin-qutqaruv qismiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga ikkita yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Yonğin soat 00:52da örab olinib, soat 01:22da bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida parrandaçilik fabrikasining 70 kv. metr maydonda tomi, şifti va içki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan. Yonğindan fabrikaning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan.
Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















