Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi deputati, iste'fodagi general Şirin Unal 9 kun oldin röy bergan voqea yuzasidan hamon sukut saqlamoqda. 23 sentabr oqşomida uning Anqaradagi uyida özbekistonlik Nodira Qodirova öz joniga qasd qilgandi.
OdaTV prokuraturadagi manbalarga tayanib xabar berişiça, Unal öşa kunning özidayoq huquq organlariga voqea yuzasidan tuşuntiriş bergan. Ammo u oddiy politsiya ofitseriga emas, boş prokuror örinbosariga körsatma berişni xohlagan va boş prokuror örinbosari öşa oqşom generalning uyiga kelgan.
Şirin Unal öz körsatmasida, jumladan, şunday degani aytilmoqda:
«Qizimdek bölib qolgan Nodira Qodirovaning xatti-harakatlari oxirgi 2-3 oyda özgarib qolgandi. U bir yiğlab, bir kuladigan bölib qolgaç, uni şifokorga olib borişgan va ruhiy muolaja boşlaşgan edi».
Lekin, ta'kidlaş joiz, marhumning akasi Muhammad Ali singlisida psixologik davolanişga ehtiyoj bölmagani, u universitetga kiriş uçun tayyorgarlik körayotgan bölganini aytgandi.
Naşrga köra, Unal voqealar rivojini quyidagiça hikoya qilib bergan:
Yotoqxonasidagi şkafda töpponça yöqolib qolganini payqagaç, bu haqda qizidan söragan. Qizi töpponçani körmaganini aytgaç, deputat qizi bilan birga Nodiraning xonasiga çiqib, undan ham söragan. Bu savolni eşitgan Qodirovaning harakatlarida bezovtalaniş sezilgan, u öz xonasidagi şkaf tortmalarini oçib: «Qarang, yöq-ku. Sizning narsangiz bilan mening nima işim bor», degan.
Şundan söng deputat: «Qara, akangga telefon qilaman. Unga javob berasan», degan va telefonini oliş uçun pastki qavatga tuşgan. Şu paytda Nodira Unalning qizini xonadan itarib çiqarib, eşikni içkaridan qulflab olgan. Qizning «buyoqqa keling, dada, tezroq» deganini eşitgan deputat zinadan çiqişda öq ovozini eşitgan.
Söng ular eşikni buzişga uringanlar. Oça olmagaç, politsiya çaqirişgan. Tez orada yetib kelgan politsiyaçilar eşikni sindirib oçişgan. Bu vaqtda Nodira hali hayot bölgan, uni darhol kasalxonaga olib çiqib ketişgan.
Manba xabariga köra, politsiya Qodirovaning xonasidagi barça aşyolarni, jumladan uning kundaliklarini ham olib ketgan. Ma'lum bölişiça, generalning uyida uçta qurol bölgan, ba'zi çalkaşliklarga ayni şu omil sabab bölayotgan bölişi mumkin. Uydagi barça şaxslarning barmoq izlari olingan.
Barça, şu jumladan Şirin Unalning töşakda yotgan xotini ham körsatma bergan. Faqat, bu uyda xizmatçilik qilib kelgan boşqa bir özbekistonlik işçi turk tilini bilmasligi bois öşa vaqtning özida tarjimon topişning imkoni bölmagani va undan ikki kun ötgaç körsatma olingani aytilyapti.












