Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi 6-podstansiyaning tez tibbiy yordam şifokori Jahongir Hojiyevning öziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e'lon qilingan edi. Unda şifokor bemorning qarindoşlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani haqida aytilgandi.
Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov ayni paytda 7-klinik şifoxonada davolanayotgan Jahongir Hojiyev holidan xabar oldi, uning soğliği bilan qiziqdi. Respublikaning yetakçi mutaxassislari bilan konsilium ötkazib, uşbu şifokor soğayib ketişi uçun lozim bölgan barça çora-tadbirlarni köriş yuzasidan topşiriqlar berdi. Va şu kunning özida unga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent şahridagi 7-klinik şifoxonadan Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga davolaniş uçun köçirildi.

«Vazir öz huzur-halovatidan keçib, özgalarga şifo baxş etayotgan, insonlar dardiga darmon bölayotgan şifokorlarning haq-huquqlarini qat'iy himoya qiliş uçun alohida huquqiy hujjat qabul qiliş vaqti allaqaçon kelganini, yelkasiga ulkan mas'uliyatni olib, inson salomatligi yölida tun-u kun xizmat qilayotgan kasb egalariga nisbatan bölayotgan salbiy munosabatlarni özgartiriş zarurligiga e'tibor qaratdi. Eng muhimi, har bir tibbiyot xodimi mehnat faoliyati, haq-huquqi vazirlik himoyasida ekanini ta'kidladi. Şuning uçun ham Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov şifokorlarga tajovuz qiliş kabi illatning oldini olişning eng samarali yöllaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uçun qat'iy javobgarlikni kuçaytiriş barobarida uni nazoratga oliş kerakligi böyiça şu yilning 2 oktyabrida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga murojaat qildi.
Öz navbatida Jahongir Xöjayev tibbiyot xodimlari obrösini yuksaltiriş yölida hamişa öz hissasini qöşişini qat'iy bildirib ötdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

















