Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar nihoyasiga yetdi.
Kunning markaziy o‘yini Kataloniyada "Barselona" hamda "Inter" o‘rtasida kechdi. O‘yinning 3-daqiqasida Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 58- hamda 84-daqiqalarda Suares dublga erishib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
"Liverpul" esa o‘z uyida "Red Bull" bilan kuch sinashib, qiyin g‘alabaga erishdi – 4:3.
"Lill" maydoniga safar qilgan "Chelsi" 1:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Valensiya" o‘z uyida "Ayaks"ni bilan o‘ynab, yirik mag‘lubiyatni qabul qildi – 0:3.
Kunning qolgan o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
E guruhi
Liverpul Angliya – Red Bull Avstriya 4:3
Gollar: 1:0 – 9 Mane, 2:0 – 25 Roberson, 3:0 – 36 Saloh, 3:1 – 39 Xvan Xi Chxan, 3:2 – 56 Minamino, 3:3 – 60 Xoland, 4:3 – 69 Saloh.
Liverpul – Adrian, Roberson, Gomes, van Deyk, Aleksander-Arnold, Veynaldum (Origi, 64), Fabino, Xenderson (Milner, 62), Mane, Firmino, Salax (Keyta, 90).
Red Bull – Stankovich, Ongene, Kristensen, Ulmer, Veber, Mvepu, Yunuzovich (Ashimeru, 78), Soboslai (Okugava, 71), Xvan Xi Chxan, Daka (Xoland, 56), Minamino.
Ogohlanshtirish: Fabino (86).
Genk Belgiya – Napoli Italiya 0:0
F guruhi
Barselona Ispaniya – Inter Italiya 2:1
Gollar: 0:1 – 3 Martines, 1:1 – 58 Suares, 2:1 – 84 Suares.
Barselona – ter Stegen, Langle, Semedu, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Artur, Buskets (Vidal, 53), Messi, Grizmann (Dembele, 66), Suares.


















