Toşkent şahrining Yunusobod tumanida tez tibbiy yordam şifokoriga tan jarohati yetkazgan erkakka nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
«Şifokor Jahongir Hojiyev feldşer bilan birgalikda 29 sentabr kuni çaqiriq böyiça özini yomon his qilgan Dildora M. huzuriga boradi. Qizga ukol qilib, şifoxonaga olib borişadi.
Qizning 29 yoşli akasi Mirhayot M. ham mast holatda şifoxonaga borib, avvaliga şifokorlarni haqoratlaydi, söngra 27 yoşli Jahongirni uradi.
Mirhayot M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) böyiça jinoyat işi qözğatildi», deyiladi IIBB xabarida.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi 6-podstansiyaning tez tibbiy yordam şifokori Jahongir Hojiyevning öziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e'lon qilingan edi. Unda şifokor bemorning qarindoşlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani haqida aytilgandi.
Köp ötmay Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov 7-klinik şifoxonada davolanayotgan Jahongir Hojiyev holidan xabar oldi, uning soğliği bilan qiziqdi. Şuningdek, şifokorlarga tajovuz qiliş kabi illatning oldini olişning eng samarali yöllaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uçun qat'iy javobgarlikni kuçaytiriş barobarida uni nazoratga oliş kerakligi böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga murojaat qildi.

















