Sönggi vaqtlarda Internet butunjahon axborot tarmoqlari orqali musofirçilikda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz bilan boğliq turli noxuş holatlar haqida eşitayapmiz.

Şunday holatlar qatorida Turkiya davlatida hayoti ölim bilan yakun topgan yurtdoşimiz N.Qodirova bilan boğliq vaziyatni keltiriş mumkin. Mazkur masala köpçilik qatori biz uçun ham qayğuli. 

Bu holat yana bir bor çet ellarda vaqtinça mehnat qilayotgan vatandoşlarimizni huquqiy qöllab-quvvatlaş tizimiga doir masalalarni kompleks tarzda qayta körib çiqiş zarurligini körsatmoqda. Va afsuski, bunda tegişli diplomatik vakolatxona hamda konsulliklarimizning faoliyati talab darajasida emasligini bildirib ötmoqçimiz. 

Çunki yoş fuqaromiz N.Qodirovaning masalasi böyiça turkiyalik faol jamoatçilik vakillari zarur qonuniy çoralarni körib, haqiqatni qaror toptiriş talabini qöyayotgan bir paytda, Taşqi işlar vazirligi vaziyat elçixona nazoratida ekanligini bildirib ötiş bilan çeklandi xolos. 

Biroq nazarimizda elçixona va konsullik xizmati avvalo vaziyatni inson ölimiga olib kelgunga qadar nazoratga olişi va şu vaqt içida fuqarolarimizga zarur huquqiy yordam körsatişi kerak edi. Çunki konsullik avvalo marhum emas, hayot fuqarolarimizga yaqindan kömak körsatiş uçun taşkil etilgan. 

Biz Turkiya huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan bu holat böyiça tergov işlari inson huquqlarini himoya qilişning oliy darajasida körilib şaffof, adolatli va qonuniy olib borilişiga qattiq umid qilamiz. 

Şu örinda tabiiy savol tuğiladi: nima uçun çet ellardagi elçixona va konsulliklarimiz fuqarolarimizni huquqiy himoya qiliş, ularning sarsongarçiliklariga yöl qöymaslik borasida haligaça “passiv”lik qilişmoqda? Çet ellardagi elçixona va konsulliklarimizda turli byurokratik qoidalar, navbatlar va ba'zan konsullarimizning inson taqdiriga befarq bölişi kabi holatlar haqida saylovçilardan ham köp bora eşitişga töğri kelmoqda. 

Vaholanki, “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi qonunning 8-moddasiga muvofiq çet elda Özbekiston Respublikasining fuqarolari Özbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. Buni amalga oşirişda esa biz elçixonalarimiz va konsulliklarimizga suyanamiz. 

Qolaversa, Özbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga muvofiq konsullik faoliyati Özbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş, Özbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik şaxslari konsullik muassasasi joylaşgan davlatning qonun hujjatlarida, Özbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylaşgan davlat iştirokçi bölgan xalqaro şartnomalarda berilgan barça huquqlardan töliq hajmda foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi uçun Özbekiston Respublikasi tomonidan çoralar köriş maqsadida amalga oşiriladi.