Yevropa Ligasida 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Arsenal» o‘z uyida Belgiyaning «Standard» klubini yirik hisobda taslim etdi. «To‘pchilar» safida Martinelli dublga erishgan bo‘lsa, Uillok va Sebalos ham o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishdi. London klubi 1-turda ham yirik hisobda g‘alaba qozongandi («Ayntraxt», 3:0).

Shuningdek, bu turda «Sevilya»,  PSV, «Seltik», «Sporting», «Latsio» kabi klublar ham 3 ochkolik bo‘lishdi.

Yevropa Ligasi, 2-tur
A guruh

Dyudelanj – Qorabog‘ 1:4
Gollar: Berne (90) – Zubir (11), Michel (30), Almeyda (37, penalti), Kuintana (69).

Sevilya – APOEL 1:0
Gol: Xaver Ernandes (17).

V guruhi

Lugano – Dinamo Kiyev 0:0

Malmyo – Kopengagen 1:1
Gollar: Rozenberg (55) – Nelsen (45+4).