Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta'lim sifatini ta'minlash uchun zaruriy kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishini ta'minlash va monitoring olib borish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib, ularning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish asosida ularning ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohalaridagi ko‘nikmalarini rivojlantirish;
yuqori samarali zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini muntazam yangilab borish, ularning faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini ta'minlash;

















