Bugun, 4 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi mutasaddilari jurnalist va blogerlar bilan uçraşuv ötkazdi. Unda vakillik organlariga saylov kampaniyasini ötkazişda qaysi jixatlarga e'tibor qaratiş masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda MSK a'zosi Şerzod Qudratxöjayev jurnalist va blogerlar bildirgan fikr va takliflar siyosiy partiyalarga yetkazilişini ma'lum qildi.

Taklif etilgan masalalar bir neça böldi. Masalan, siyosatçilar xalq bilan oddiy, tuşunarli tilda sözlaşişi kerakligi, odamlar ular bilan suhbatda özlarini erkin his qilişi lozimligi aytildi.

Eldor Asanov: “Siyosatçilar xalq bilan oddiy xalqona tilda gaplaşişi kerak. Bizda siyosiy partiyalar byurokratik idoraga öxşaydi: hamma kostyumda, rasmiy kiyingan. Siyosiy partiyalar ham xalqning vakillari. Xalqning ma'lim guruhining manfaatini himoya qiluvçi kuç. Şunga yaraşa ular ham xalqning içiga kirişi kerak. Soddaroq tilda gapirişi kerak, «Islohotlarning samaraso ölaroq...» - degan gaplardan qoçgan holda”

Şuningdek, uçraşuvda partiya vakillarining saylov arafasida jonlanib qolişi, saylov kampaniyalari xaşamatli binolarda ötkazilişi, qilinayotgan debatlar işonçsiz çiqişi holatlari tanqid ostiga olindi.

Zafar Solijonov: “Odamlarga şoular kerak. Partiyalar tortişib, debat qilib şu asosida xulosaga kelişi kerak. Bizda partiyalar 9 oy jim turib 3 oy içida körinib qoladi. Bir nima desang, «Debat qilyapmiz – deyişadi. Biroq ular qilayotgan «debatlar» oddiy böladi va yiğiliş xulosasiz tugaydi”.

Bahodir Ahmedov: “Uçraşuvlarni haşamatli binolarda emas, oddiy qişloq şaroitidagi joylarda taşkillaştiriş ham maqsadga muvofiq deb öylayman. Şunda deputatlarning xalqning içiga kirayotgani haqiqatdan bilinadi. Oddiy kiyimlarda borib, özlarining xalqning bir bölagi ekanini körsatişi kerak”.

Qamariddin Şayxov: “Saylov ötkazişdan avval çet el tajribasidan namuna oliş kerak. Misol uçun, Turkiyada partiyalar saylovdan oldin har kuni OAV va televideniyega çiqişlar qilib boradi. Bizda ham deputatlar şunday çiqişlar qilişi kerak. Markaziy saylov kamissiyasi buni yoritib borişni öz zimmasiga olişi kerak. Saylov jarayonlarida mahalliy xorijiy jurnalistlar aralaşib ketmasligi kerak. Ya'ni ularni bir biridan ajratib turadigan jihat bölişi kerak”.