Toşkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda “Çirçiq şahrida joylaşgan 9-sonli maktabdan notaniş ayol bola öğirlamoqçi böldi" nomi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan joriy yilning 27 sentabr’ kuni yuqoridagi xabar hamda ayolning kişining foto suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganligi holati örganib çiqildi.

Örganiş davomida, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan uşbu suratdagi ayol Buxoro viloyatida tuğilgan G.S. ekanligi aniqlandi. U dugonasining iltimosiga köra, uning qizini öz farzandi 2012 yilda tuğilgan O.O. bilan birga, Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 187-sonli umumiy örta ta’lim maktabidan olib keliş maqsadida mazkur maktabga borganligi, maktabda dugonasining qizi uni tanimaganligi hamda u bilan ketişni xohlamaganligi sababli, maktab xodimlarni e’tiboriga tuşgan. 

Natijada sodir bölgan anglaşilmovçilik holati tufayli, voqea befarq bölmagan fuqarolar tomonidan G.S. suratga olinib, “bola öğrisi” yösinidagi tasdiqlanmagan notöğri xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.