Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. «Yuventus» «Inter»ni to‘xtatdi va peshqadamlikni tortib oldi
Italiya A Seriyasining 7-turida chempionatning ikki grand klubi to‘qnash kelishdi. Jangavor ruhda kechgan bahsda Turin klubi «Inter»ning g‘alabali seriyasiga barham berdi va turnir jadvalida yetakchiga aylanib oldi.
O‘yindagi barcha gollar argentinalik futbolchilar hisobiga yozildi. Hisobni dastlab Paulo Dibala ochdi, ko‘p vaqt o‘tmay Lautaro Martines penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Bahs tugashiga 10 daqiqa qolganda esa zaxiradan maydonga tushgan Gonsalo Iguain chiroyli kombinatsiyani gol bilan yakunladi.
Shunday qilib, «Yuventus» ochkolari sonini 19taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Inter» esa 18 ochko bilan 2-o‘ringa tushdi.
A Seriya, 7-tur
Inter – Yuventus 1:2
6 oktabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Martines (18, penalti) – Dibala (4), Iguain (80).
Inter: Xandanovich, Godin (Bastoni, 54), de Vrey, Shkrinyar, D`Ambrozio, Barella, Brozovich, Sensi (Vesino, 34), Asamoa, Martines (Politano, 78), Lukaku.
Yuventus: Shensni, Sandro, de Ligt, Bonuchchi, Kuadrado, Pyanich, Matyuidi, Xedira (Bentankur, 62), Bernardeski (Iguain, 62), Dibala (Jan, 71), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Sandro (13), Jan (84), Pyanich (85), Vesino (88), Barella (90).
Mavzuga oid
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026