Jahon | 16:10 / 08.10.2019
9038
2 daqiqa o‘qiladi

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining nomi e'lon qilindi

Foto: AFP 2019 / Jonathan Nackstrand

Jyeyms Piblz, Dide Keloz va Mishel Mayor fizika bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti laureatlari deb e'lon qilindi.

Olimlar astronomiya va astrofizika sohasidagi tadqiqotlari uchun mukofotlanishdi.

Taqdirlash marosimi an'anaga ko‘ra 10 dekabr, Nobel mukofotlari asoschisi - shvetsiyalik tadbirkor va ixtirochi Alfred Nobelning vafot etgan kuni o‘tkaziladi.

U vasiyat qilgan beshta mukofotdan to‘rttasi Stokholmda topshiriladi. Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi o‘z mukofotini Osloda 10 dekabr kuni oladi.

Nobel mukofotlaridan har birining miqdori to‘qqiz million shved kronasi (950 ming dollardan ozroq)ni tashkil etadi.

Avvalroq Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa tibbiyot bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganligi e'lon qilingandi.

Mavzuga oid