Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga polkovnik Shohrux Kamoliddinovich G‘iyosov tayinlandi.
Vazirlik saytidagi xabarga ko‘ra, Sh. G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.
Bundan oldin, IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbiddin Burxonov boshqa tizimda rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026