Kun.uz saytida «Iştixon dehqon bozoridagi yonğin va öt öçirişni ta'minlaşga monelik qiluvçi tösiqlar» sarlavhasi ostida Samarqand viloyati Iştixon tumani markazidagi dehqon bozori hududiga öt öçiriş maşinalarining kirişiga monelik qiluvçi tösiqlar haqida hikoya qilingan edi.

Uşbu tösiqlar tufayli bozor hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelgan Umid Mamaşev ijarada turgan dökonga öt ketib, çaqiruvga öz vaqtida yetib kelgan öt öçiriş maşinalari bozor hududiga kira olmagan.

Biz bu masalada Iştixon tuman hokimi Şuhrat Negmatov bilan suhbatlaşganimizda, tuman rahbari bozor darvozasi oldiga tösiq bozor hududiga maşinalar kirib, tartibsizlik vujudga keltirişining oldini oliş uçun örnatilganini ta'kidlab ötgan va bu masalani mutasaddilar bilan yana bir bor örganib körişini aytgan edi.

Bizga xabar qilişlariça, Iştixon dehqon bozoriga avtotransport vositalarining kirişiga monelik qiluvçi sun'iy tösiq bartaraf etilgan.

















