Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati Şörçi tuman bölimi tomonidan «Jarqörğon-Servis-Texnika» MÇJga tegişli bölgan «Avtomobillarga texnik xizmat körsatiş hamda köp tarmoqli yoqilği quyiş şoxobçasi» onlayn auksion orqali sotildi.

Byuro matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga xabar berişiça, bu şoxobça avval Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq tergovçisi Nodir Töraqulovning qudasi Erkin Norqobilovga tegişli bölgan. Bu mulk avvaliga 14 milliard sömga baholangandi, ammo bu narxga xaridor çiqmagaç şoxobça 3 oktabr kuni 7,4 milliard sömga sotilgan.

Nodir Töraqulov

«Surxondaryoda faoliyat yuritgan Milliy xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Nodir Töraqulov va uning jinoiy şeriklari Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi bilan qamoqqa olingandi. Ayni paytda ular tomonidan jinoiy yöllar bilan orttirilgan mol-mulklarni aniqlaş va davlat tasarrufiga ötkaziş davom etmoqda.

Hayotda birovning haqiga tajovuz qiladigan, özgalar molini özlaştirib oladigan kimsalar, garçi közga uddaburon kişilar bölib körinsa-da, eng olçoq odamlardir.

Demak, özganing yoki davlatning mol-mulkini talon-toroj qiliş, uni özlaştirib egalik qiliş eng oğir jinoyatlardan biri.

Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining 2018 yil 25 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan «Jarqörğon-Servis-Texnika» MÇJ balansidagi Surxondaryo viloyati, Şörçi tumanida joylaşgan «Avtomobillarga texnik xizmat körsatiş hamda köp tarmoqli yoqilği quyiş şoxobçasi» binolari jinoiy yöl bilan topilgan mulk sifatida davlat egaligiga ötkaziş belgilangan edi. Ta'kidlaş joiz, bu şoxobça Milliy xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Nodir Töraqulovning qudasi E.N.ga tegişli bölib, heç şubha yöqki qöli uzun quda qanoti ostida faoliyat yuritgan.

Mazkur ijro işi MIB Şörçi tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan hamda ijro harakatlariga kirişilgan. Şuningdek, uşbu bino va inşootlar 14 mlrd. sömdan ortiq narxga baholanib, tomonidan elektron onlayn-auksion savdosiga çiqarildi. Şunga asosan, 3 oktabr kuni arzonlaştirilgan narxda, ya'ni 7 mlrd. 41 million sömga sotilib, auksion savdolaridan tuşgan pul mablağlari davlat daromadiga yönaltirildi», deyiladi MIB ma'lumotida.