Rossiyalik sayyohlarning Özbekistonga qiziqişi ortib bormoqda, deb ma'lum qildi Tutu.ru sayyohlik xizmati Rossiya şaharlaridan Özbekistonga sotilgan aviaçiptalar töğrisidagi ma'lumotlar tahliliga asoslanib.
Ma'lum qilinişiça, sönggi bir yarim yil içida sayohatçilarning Özbekistonga qiziqişi ortgan va Özbekiston 2019 yilda aviaçiptalar sotilişi böyiça eng ommabop xorijiy davlatga aylangan.
“Hozirda Özbekistonning asosiy raqibi Armaniston. Yaqin vaqtgaça (2019 yil iyulga qadar) Özbekiston sayyohlar e'tiborini tortiş uçun Gruziya bilan raqobatlaşdi, ammo Rossiya va Gruziya örtasidagi töğridan-töğri aviaparvozlar yopilgandan keyin Gruziyaga borişni istagan sayohatçilarning uluşi 4-5 baravar kamaydi”, deyiladi tahlilda.
Yaqin xorij kesimida Özbekistonning uluşi örtaça 16 – 18 foizni taşkil qiladi. Ötgan yilning noyabr-dekabr oylarida esa bu körsatkiç 21 foizga yetdi.
Uşbu kuzda mustaqil sayyohlar uçun eng ommabop mamlakatlar uçligi quyidagiça: Özbekiston, Armaniston va Germaniya. Ötgan yilning şu vaqtida yetakçilar quyidagiça körinişda edi: Özbekiston, Gruziya va Armaniston. Özbekiston ikkinçi yildirki, yetakçilikni egallab turibdi.













