Hukumat qarori bilan Oral Aminovna Ataniyazova Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti rektori etib tayinlandi.
Senator Oral Ataniyazova köp yillardan buyon Toşkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori hisoblanardi.
Şuningdek, Gulçehra Şovkatovna Rixsiyeva Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining rektori etib tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Gulçehra Rixsiyeva 2019 yil iyunida Toşkent davlat şarqşunoslik instituti rektori etib tayinlangandi. 2020 yilning aprelida prezidentning «Şarqşunoslik sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va ilmiy salohiyatni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra uşbu institut Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti sifatida taşkil etildi.











