Navoiy viloyatida IIB xodimiga nisbatan jinoyat sodir etildi. Bu haqda Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xatirçi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991 y.t.) boşqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomaşinada piyodalar ötiş yölagida piyodalarni ötkazib yuboriş uçun töxtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990 y.t.) "Matiz" rusumli avtomaşinada töxtagan.
A.O‘. profilaktika inspektori O‘.X uning yölini tösib turganligini vaj qilib, uni urib-döpposlab, tan jarohati yetkazgan hamda O‘.X.ning qonuniy talablariga böysunmasdan, faol qarşilik körsatib, öz avtomaşinasini harakatini davom ettirişi natijasida, uning öng oyoğini bosib ötgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 10 oktabr kuni Xatirçi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.













