Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent ko‘chalarida YHQga rioya qilishga targ‘ib qiluvchi videolavhalar translatsiya qilinmoqda
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari huquqbuzarliklar va yo‘l-transport hodisalarini oldini olishda doim yangi usullarni izlamoqdalar, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bu safar yo‘l harakati ishtirokchilarini YHQga rioya qilishlariga chaqirish uchun poytaxt ko‘chalaridagi katta videobordlarda qoidabuzar-piyodalarga qonuniy choralar ko‘rilayotganligi haqidagi videolavhalar uzatilishini yo‘lga qo‘yildi.
Umid bildirilishicha, ushbu lavhalar yo‘l harakati ishtirokchilarini YHQga rioya qilish muammosiga jalb qiladi.
Bugungi kunda videolavhalar Nurafshon – Sebzor, Nurafshon – Chig‘atoy va Muqimiy – Qatortol ko‘chalari kesishmasidagi uchta videobordlarda uzatilmoqda. Tez orada bu kabi lavhalarni poytaxtning yana yettita ekranlarida namoyish etish ko‘zda tutilmoqda.
“Hurmatli piyodalar, yo‘lni belgilanmagan joydan yoki svetoforning qizil chirog‘iga kesib o‘tish vaqtida o‘zingizni va o‘zgalarni hayotini xavf ostiga qo‘yishingizni unutmang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!” - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026