2 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2019 yil 29 iyun kungi PQ-3818-sonli «Özbekiston Respublikasining taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga soliş hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga soliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Qarori»ga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qarorini imzoladi.

Hujjatga köra, Özbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boşlab hozirda nol stavkada bölgan 300dan ortiq turdagi tovarlar olib kirilişiga boj joriy etiladi.

Uşbu tovarlar qatoridan, antikvarlar, velosipedlar, tirik baliq, dengiz mahsulotlari, şokolad, qandolat mahsulotlari, asbest, metall tola, quyma şişa, prujinalar, mis sim va boşqa köplab mahsulotlar örin olgan. Ularni olib kiriş uçun 5 foiz va undan yuqori qiymatda boj tölaş lozim böladi.

Tarkibida kakao bölmagan şakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari uçun import boji 30 foizgaça oşiriladi (hozir 20 foiz).

Şokolad va tarkibida kakao bölgan boşqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uçun import boji stavkasi hozirgi 15 foizdan 30 foizgaça oşiriladi.

2018 yilda qandolat mahsulotlari va şokolad uçun import boji stavkasi 10 foiz bölgan.