Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketish bo‘yicha shartlardan birini aytdi
Agar Damashqdagi bo‘lajak hokimiyat tegishli qaror qabul qilsa, Moskva Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin RT, Al Arabiya va Sky News Arabia telekanallariga bergan intervyusida ma'lum qildi, uning bir qismi shanba kuni Rossiya kanalida arab tilida namoyish etildi.
«Boshqa davlat hududida noqonuniy bo‘lib turganlar, hozirgi holatda bu Suriya, ushbu mintaqadan chiqib ketishi kerak va bu barcha davlatlarga tegishli, - dedi prezident. - Agar Suriyaning kelajakdagi qonuniy rahbariyati Rossiya Qurolli kuchlariga muhtoj emasligini bildirsa, unda bu Rossiyaga ham tegishli bo‘ladi».
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada chet el harbiylarining mavjudligi masalasi Eron, Turkiya va AQSh bilan muhokama qilinmoqda. «Men har doim hamkasblarimga Suriyani xorijiy harbiy ishtirokdan xalos qilish kerakligini aytib kelganman», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Shuningdek, u Suriya Arab Respublikasining hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Bundan oldin, Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026