Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining yettinçi sammiti tadbirlarida iştirok etiş uçun 14 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahriga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya, Özbekiston, kuzatuvçi mamlakat sifatida iştirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengaş doirasidagi köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengaşga a'zo davlatlar rahbarlarining Özbekiston Respublikasining töla huquqli a'zo sifatida Taşkilotga qöşilişi töğrisida Qöşma bayonoti qabul qilinadi.

Uçraşuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi yettinçi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda.