Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bokuga kelgaç, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarlari özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinçi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.
Mamlakatlar yetakçi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş, şuningdek, sanoat, qişloq xöjaligi, transport va boşqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantiriş hamda Özbekiston va Ozarboyjon hududlari delegatsiyalarining özaro taşriflarini taşkil etişga kelişib olindi.
Ilhom Aliyev Şavkat Mirziyoyevni mamlakat Turkiy tilli davlatlar kengaşiga qöşilgani bilan tabriklab, bu, şubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga yangi sur'at bağişlaşini qayd etdi.

Davlat rahbari sammit yuksak darajada taşkil etilganini alohida ta'kidladi va Ozarboyjonning taşkilotda muvaffaqiyatli raislik qilişini tiladi.
Uçraşuv yakunida prezidentlar köp asrlik döstlik va strategik şeriklikka asoslangan Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlarini yanada mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini tasdiqladilar, deyiladi xabarda.



















